Yozdagi uyquni miqdori
Assalomu alaykum! Yoz faslida kunlar uzayishi sabab xufton vakti kech kiryati va bomdod vakti xam barvakt kiryapti. Savol shuki, bir kunda 5.30 soat va undan kam uxlashga to‘g‘ri keladi. Shunga suramokchi edim, menga shuncha uxlash kamlik kilyapti, uncha yaxshi xis kilmayapman uzimni. Kunduzi uyku keladi, endi xar kuni kachon nafsim xoxlasa uxlasam kupgina muamollar keladi. Xuftondan keyin vitrni ukib zikr va duolarni kilib uxlayman. Yotishdan oldin taxorat olib yotaman, bomdod namoziga turaman Xudoga shkur. Meditsina tomondan karasa yosh organizmga taxminan 7-8 soat kerak uyku. Tarixga nazar solsak kechalari uzun uzun ibodatlar kilishgan. Aklim yetmayapti, nimaga men shunaka kila olmayman. Yoz kunlari musulmon kishi kanday grafik asosida uxlashi kerak maslaxat bering iltimos?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Meditsina 7-8 soat deb notug‘ri aytgan. Bu narsa har kimda har xil bo‘ladi. Allohning do‘stlarida qonni plazmasi bo‘lganidek uyquning ham plazmasi bo‘ladi. Uni “amanatannu’aasa” deb Qur’onda zikr qilingan. Ulug‘lar o‘sha bilan kifoyalanishadi. Xuftonni o‘qib uxlab, bamdodga turasiz, kunduzida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘lgan qaylula uyqusini uxlab olasiz. Qaylula bir soatdan oshmasligi kerak. oshgani odamni lanj qiladi. Biz ba’zi kishlarning gapiga kirib uyqumiz kelmasa ham uxlaydigan, qornimiz ochmasa ham uch maxal ovqatlanish kerak deb ovqatlanadigan bo‘lib qolganmiz. Hozir yangi bir tahqiqodchilar chiqib olti maxal oz-ozdan ovqatlaninglar deb maslahat berishmoqda. Qoida: Oshqozon ishlaganda miya o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Miya ishga tushganda oshqozon faoliyatini to‘xtatadi. Shuning uchun ovqatlanayotgan vaqtda miyaga og‘ir yuk bo‘ladigan muammolarni gaplashmaslik kerak deyilgan. Olti maxal deganlarni tadqiqotiga amal qiladigan bo‘lsak gohida ishlaydigan miya yana qo‘shimcha olti maxal ishlatmaslikka to‘g‘ri keladi. Chaqaloqqa e’tibor berganmisiz, emadi, uxlaydi, yana emadi yana uxlaydi. Shu bilan semirib katta bo‘ladi. Biz ham hozir shunday bo‘lib qolayapmiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar