Piyoz harommi
Assalomu alaykum! Bir domla o‘z ma’ruzasida masjidga piyoz eb kelmang, toki piyoz eyish harom faqatgina pishirib eyish joiz dedi. Shu to‘g‘rimi? Ammo tibbiyotda piyozni xomligicha esa sog‘likka foydasi bor deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Piyoz halol. Xomini ham pishganini ham eyish halol. Faqat og‘izdan keladigan noxush hid tufayli masjidga borish joiz emas. Agar masalani noto‘g‘ri tushinib olib domla tomonidan aytayotgan bo‘lsangiz siz tuhmat qilgan bo‘lasiz. Domlaga aytib qo‘ying, Alloh taolo "A’rof" surasida marhamat qiladi: قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللّهِ الَّتِيَ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالْطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ قُلْ هِي لِلَّذِينَ آمَنُواْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ كَذَلِكَ نُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 32. Sen: «Alloh O‘z bandalari uchun chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular dunyo hayotida iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o‘zlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 01:15 | Savol-javoblar | 217 | Halol va harom