Qazoning sunnat qismi

Assalomu alaykum! Oldinroq Shayx harzatlarining qoldirilgan namozning sunnat qismini ham qazosini o‘qisa yaxshi bo‘ladi, deganlarini bir videoda ko‘rdim. Bugun esa Zikr ahlidan so‘rang hay’atining namozning faqat farz qismi qazosi o‘qiladi degan javobini o‘qib qoldim. Iltimos, aniqlik kiritib beringlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iloji boricha tezroq faqat farzini o‘qib bo‘lsa ham qazodan qutilishga harakat qilish kerak. hatto ba’zi ulamolar keksayib qolib qazolarini tugatishga ko‘zi etmaydigan darajada ko‘p bo‘lsa vaqtida o‘qilayotgan namozlarni sunnatlarining o‘rniga ham qazo o‘qisinlar deganlar. Biz bunday deyolmasakda, tezroq farzlardan qutilishga harakat qilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar