Asr va Shom namozi haqida

Assalomu alaykum! Bir do‘stim Asr va Shom namozini 1 daqiqaga ham kechiktirib bo‘lmaydi, vaqti kirishi bilan darhol o‘qish kerak degan edi. Agar men Asr yoki Shom namozini o‘qish uchun 10 yoki 15 daqiqaga kechiksam o‘qimasligim kerakmi? Keyin qazosini o‘qiymanmi? Sababi men o‘qishdan kelganimda Asr namozining vaqti kirganiga yarim soat yoki 1soat bo‘ladi, bunday vaziyatda o‘qiyverishim kerakmi yoki yo‘qmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti kirishi bilan o‘qish afzal. Bu degani shom qazo bo‘ldi degani emas. Asrning vaqti shomning vaqti kirgunicha, shomning vaqti xuftonning vaqti kirgunicha. Shu vaqtlar orasida o‘qib olsa bo‘ldi. Albatta keyingi namozning vaqtiga taqab o‘qish yaxshi ish emas. Bunga odatlanmaslik kerak, lekin o‘sha vaqtda o‘qisa ham zimmadan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:58 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar