To‘g‘ri tanlov
Assalomu alaykum! Men 2 o‘t orasida qoldim iltimos manga maslahat beringlar juda qiynalib ketim. Turmush qurganimga 7 yil bo‘ldi 2 farzandim bor, biz hojayinim bilan qaynotam, o‘gay qaynonam va buvijonim bilan turamiz. Kelin bo‘lib shu erga tushganman, uydigilani hammasini juda yahshi ko‘raman, ularni ham manga munosabati yahshi, dadajonim mani o‘z qizlariday ko‘radi, lekin 1 oy oldin qaynotam bilan ho‘jayinim kelisholmay ho‘jayinim o‘zini oyisinikiga ketib qoldi. Shundan keyin hamasi boshlandi. Ho‘jayinim meni olib ketgani kelmadila, qaynotamnikida qoldim. "Kelib dadajondan rozilik olib bizni olib keting" desam unamayaptila. "kechasida qochib chiqib ketasan, bo‘lmasa javobingni beraman, ularni roziligi kerekmas manga, dadam shuncha qilgan bo‘lsa vazifasi" diyaptila. Nima qilay juda arosataman dadajonim meni, nevaralarini judda yahshi ko‘radila, birga turishimizni hohlidi. Bir yoqda bollarimni otasi. Rozilik olmay chiqib ketsam gunohkor bo‘lamanmi? Yoki faqat ho‘jayinim roziligini o‘zi etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alam qiladigan joyi eringiz “vazifasida” degan gapi. Shunchalik darajaga olib kelish otaning vazifasi emasdi. Vazifasi bo‘lgan taqdirda ham vazifasini bajargani uchun izzat ehtiromga loyiq. Ota norozi bo‘lsa eringiz ham farzandlaringiz ham ko‘karishmaydi. Siz isloh qilish qo‘lingizdan kelsa isloh qiling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:58 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush