Notug‘ri maslahat berish

Assalomu alaykum! Bundan 3-4 yil avval ayollar shifohasida davolanayotgan paytimda, hamhonalardan biri Hufton va Bomdod namozlarini qazosini o‘qish tartibini so‘raganda unga farz namozini o‘qishni tushuntirdik, afsuski ilmsizlik qilib Vitr va Bomdoni sunnatini qazosi o‘qilmaydi deb ham maslahat bergan edik, keyinchalik bu maslahatimiz noto‘g‘ri ekanligini boshqa manbalardan bilib qoldim va afsuski maslahat so‘ragan ayolni endi topa olmayabman. Noto‘g‘ri maslahat berganimning hukmi qanday bo‘ladi, bu gunohimni qanday yuvaman? Shu vitrning qazosi va Bomdodning sunnatini qazosini o‘qish tartibini ham aytsangiz, zora bizdan maslahat so‘ragan opamiz, javobingizni o‘qib qolsalar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vitrning qazosi o‘qiladi, bamdodni sunnatini qazosi o‘qilmaydi. Ba’zi ulamolar “Bugun bamdod o‘qimagan bo‘lsa peshingacha qazosini o‘qisa sunnatini ham qo‘shib o‘qiydi” deganlar. Avval qoldirgan bamdodlarining sunnatini qazosi o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar