Payg‘ambarimiz bergan maxr
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sallolloxu alayhi vasallam xotinlariga bergan maxrlari qanchadan oshmagan? Iltimos shu savolga javob topolmayapman yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda mahrning ko‘piga hech qanday miqdor belgilangan emas. Er-xotinning roziligi asosida tayin qilinaveradi. Albatta mahrni ziyoda qilish shariatda mahbub ish emas. Hadislarda mahri fotimiy nomi bilan mahr zikr qilinadi. Kumush tangaga hisoblanganda 500 dirham ya’ni hozirgi davrning hisobi bilan 1 kg 530gr kumush bo‘ladi. 12 dirhamni mahrning eng ozi deb aytishgan. Dirhamni belgilashdagi farqlarga ko‘ra ba’zilar 200 dirhamni 595grammga teng desa ba’zilar 612 gramm deganlar. shunga ko‘ra 30 gramm kumush atrofida bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollariga bergan mahrlari arab ulamolarining hisobiga ko‘ra 1 kilo 487 gramm kumush bo‘lgan ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 153 | Islam