Namoz va niyat

1) Namozdan keyin usha erda, aytaylik boshka xonada, boshka jamoat shu namozni boshlayotgan bulsa, ularga kushilib shu namozni kayta ukisa buladimi va kanday niyat kilinadi. Masalan, shom namozini uz vaktida ukishga niyat kildim, ushbu imomga iktido kildim, deb birinchi xolatda ukigan bulsa, keyingi xolatda xam xuddi shunday niyat kiladimi? 2) Agar boshka jamoat bulmasayu uzi sal keyin bir chetga chikib shu namozni kayta ukib olmokchi bulsa, unda xam shunday - "Shom namozini uz vaktida ukimoklikni niyat kildim" deb boshlaydimi? 3) Agar yukoridagi xolatda ukilgan namozdan kungli tulib chikkan bulsayu, oradan sal fursat utib, boshka odamlar, boshka imom, boshka jamoat namoz boshlayotgan bulsa, ularga xam iktido kilib namoz ukisa buladimi va niyati kanday buladi? Masalan shom namozi bulsa, "3 rakat nafl namozi ukimokni niyat kildim, iktido kildim imomga" deyiladimi yoki "Shom namozini uz vaktida ukimoklikni niyat kildim, ushbu imomga iktido kildim" deyiladimi? Fikri ojizimcha, bu nafl namoz urnida utadimi? Alloh rozi bulsin, raxmat, ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Ha. 3). Shomni bo‘lmaydi. Chunki uch rak’atli nafl namozi yo‘q. Peshin va xuftonda joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar