zulm va vakilning oshkoraligi haqida

Assalomu aleykum,1) Zulm va zulmkor so‘zlari Islomiy adabiyotlarda ko‘p uchraydi. Bu so‘z aynan qaysi amallarning tarifi? Ya‘ni nimalar zulmga kiradi? Misol uchun, bir inson yoki jamoa boshqa inson yoki jamoa ichiga qo‘rqinch solishi ham zulmga kiradimi?2) Kishining haqqini boshqa biri vakil sifatida idora qilsayu lekin unga uning haqqining miqdori qancha qolganini aytmasa, qayoqqa sarflanganini aytmasa va umuman hisob kitobini topshirmasa, buning hukmi nima bo‘ladi? Agar bu zulm bo‘lsa, haqdor insonning ham zulmkor oldida haqqi bo‘lsa, shu haqni bermasdan vakildan qasd olsa joizmi?Omon bo‘ling
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Zulmning ma’nosi bir narsani o‘z joyidan boshqa erga qo‘yishdir. Shuning uchun nohaqlikning barchasi zulmdir.2. Bu vakilni zolim desa bo‘ladi. Ammo har kim o‘zicha qasos olishiga ruxsat yo‘q. Hukumatga arz qilinadi.

5 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar