Namoz ichida tahorat ketgan yoki ketmaganligini gumon qilish

Assalomu alaykum! Namozda imomga ergashganimda yoki imomlik qilganimda, ba’zida siydik yo‘limdan siydik qoldig‘i sizib qoladi. Bu holat ko‘pincha birinchi rakatda ruku yoki sajdasida bilinadi. Keyin namozni oxirigacha ado qilib, xojatga kirib tekshirsam, ba’zida siydik tomchisi chiqib qolgan bo‘ladi, ba’zida esa chiqmagan bo‘ladi. Hop, siydik tomchisi chiqib qolgan bo‘lsa, qaytadan tahorat olib, o‘sha namozni o‘qiyman. Lekin chiqmagan bo‘lsa, tahoratim buzilmaganligi uchun namozimni ado hisoblab, qayta o‘qimayman. Hop, bu masala bo‘yicha 2540-savolda javobini o‘qidim. Lekin, kifoya kitobining 1-juzining 370- betidan, iqtibos keltiraman. Iqtibos: " Agar namozxon ...  ... tahorati ketganini gumon qilsayu, keyin tahorati ketmagani ayon bo‘lsa, namozi buziladi" iqtibos tugadi. Kifoyaning shu joyini va   savolga berilgan javobni o‘qib aniq bir xulosaga kelolmadim. Sizlardan iltimos, manna shu mening holatimdagi gumonimni batafsil tushuntirib beringlar. Menda vasvasa yo‘q hammasi aniq. Faqat to tekshirmagumcha ikkilanib namoz o‘qiyman. Savolim: Meni bu qilgan gumonimni imomlik qilganimda yoki imomga ergashgan holatlarimda namozim ado bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingiz ketmagan bo‘lsa namozingiz ado bo‘ladi. “Kifoya” kitobida ketdi deb gumon qilib, chiqib tahoratini tekshirgandagi holat iroda qilingan. Siz tekshirmay namozda davom etaversangiz va namozdan keyin tekshirganingizda ketmaganligi aniq bo‘lsa namoz ado bo‘ladi. “Kifoya” kitobidan quyidagicha keladi. Namozxon tahorati ketganini gumon qilsa-yu, masjiddan chiqsa yoki masjid tashqarisidagi safdan o‘tib ketsa, keyin tahorati ketmagani ayon bo‘lsa ham, namozi buzilishi aniq. Ammo Agar (masjiddan) chiqmagan yoki o‘tmagan bo‘lsa, namozini davom ettiradi. Ya’ni namozxon tahorati ketdi deb gumon qilsa-yu, keyin tahorati ketmagani ayon bo‘lganda masjiddan chiqmagan yoki masjid tashqarisidagi safdan o‘tib ketmagan bo‘lsa, namozini kelgan joyidan davom ettiradi.Bu erda namozni ichida turib tekshirish ko‘zda tutilgan. Siz kabi salom bergandan keyin tekshirish emas. Jamoatga imom bo‘lsangiz qaraganingizda tahorat ketgan bo‘lsa jamoatga namozni qayta o‘qib olishni aytishingiz kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar