Hayitda tog‘ora kutuvchi manfurlar va ularga itoat qiluvchi qullar
Assalomu alaykum! Yordamingiz kerak axli musulmonlar! Qizini uzatgan otaga kuyovni uyidilarini rahmi kelsin, hayitga 10ta tog‘ora va sarpolar yuborishini shu karantin paytda talab qilishvotdi. Nima qilishga boshimiz qotib turipti, axir 2 oy bo‘ldiku daromad to‘xtab qolganiga, Iltimos sizlardan shu kichkina mavzuni yoritib halqqa etqazishda yordam berishingizni iltimos qilardim. Zora tog‘oraxo‘r va manaviyati past insonlarni qalbiga etib borsa. Bunday manfur kishilarga Alloh hidoyat bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan muhim savolni beribsiz. Kelin tomonga bu kabi majburiyatlarni yuklash, hatto yuklamasada ulardan ta’ma qilishlik harom amal hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :عن عمرو بن يثربي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم, إلا بطيب نفس منه Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati.
Bu ikkinchi jihatdan kelin tomonga o‘ta zulm hamda shafqatsizlik hisoblanadi. Alloh taolo zulmni harom qildi, bo‘lib ham ramazonda, hayit kunida zulm qilish etti yuz darajagacha gunoh bo‘ladi. Qiz tomon qo‘li yupqaroq bo‘lsa bunday bo‘lishi tabiy holat, tog‘ora talab qilganlar xalqimizdagi “Och to‘q” degan maqollarga yuzga yuz tushadi. Yana bir jihatdan tilanchlikning zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Har qanday holatda ham tilanchilik tilanchilik hisoblanadi. Tilanchilik bilan topiladigan obro‘ kimga kerak. Vaholanki bu aslida obro‘ emas, or hisoblanadi. Chunki biror bir shariatda yoki yurtda birovdan tilanish yoki tortib olish obro‘ emas, balki sahovat qilib berish obro‘ hisoblanadi. Bu tilanchining hukmi, u tomonga beruvchilar esa garchi boy bo‘lsalarda bid’at ishni qilgan bo‘ladilar. Bu ishlari bilan shu ishga qodir bo‘lmaganlarni bir jihatdan ezib qo‘ygan hisoblanadilar. Ma’naviy ezish jismoniy jihatdan zarar etkazishdan og‘irroq bo‘ladi. Boy bo‘lsa o‘sha miqdorga muhtoj boshqa oilalarga bersin. Tilanish harom bo‘lganidek tilanib ta’ma qilganga berish ham harom. Chunki bir kunlik oziq ovaqti bor inson tilanishi halol emas, unga berish ham halol emas. Gunohga yordam berish joiz emas. Agar bunga kimlardir ko‘rsin degan niyat ham qo‘shilib qolsa riyo bo‘lib, kichik shirk ishni qilgan bo‘ladi. Inson mol topib oxiratdagi jannatga ega bo‘lish o‘rniga o‘zgalarga zulm, molni isrofi, Allohga kichik shirk keltirishni sotib olishi qanday ham yomon. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 173 | Administrator