Bola kiyimini kech tushganda dorga ilish

Assalomu alaykum! Sakkiz oylik farzandim bor Allohga shukur. Turmush o‘rtog‘im uni kirlarini yuvganda ba’zida kech tushib tashqarida torda qolib ketadi. Onam buni noto‘g‘ri ish qilmanglar yomon bo‘ladi, bolani kiyimi shomdan keyin tashqarida qolmasin deydilar. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyning nuri tushgan kiyim tezroq chirir ekan. Shun e’tibori bilan aytilgan bo‘lsa kerak. Shar’an buni hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 144 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar