Va’dadagi istisno

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men Rasululloh s. a. v ning "Kim va’da bersayu, orqasidan inshaalloh desa, va’dasiga istisno qilgan bo‘ladi, hohlasa bajaradi" degan hadislarini o‘qigan edim. Savolim shuki, "inshaalloh" kalomini qarshisidagi odam eshitishi shartmi yoki o‘zi eshitadigan darajada aytsa kifoya qiladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zi eshitadigan darajada aytsa ham kifoya qiladi.

26 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar