Qaynonalar xizmati xaqida
Assalomu alaykum! Mana nechi yildirki, onajonim qaynonasini, ya’ni buvimni xizmatini qilib kelmokdalar. Lekin shunga qaramay qilgan yaxshi ishlari uchun faqat yomon gap eshtadilar. Onajonimni faqat taxqirlaydilar. Men bo‘lsa bunga ko‘z yumib ketolmayman. Sizlardan iltimos, shu vaziyatda men nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oxirigacha xizmatida bardavom bo‘lsin. Onangizdan Alloh rozi bo‘lsin, bu kabi sahobiya onamizdek yomonlik qilganga yaxshilik qila olish har kimni ham qo‘lidan kelavermaydi. Alloh buni shak-shubhasiz mukofotsiz qoldirmaydi. Siz aralashmang. Sizningcha faqat yaxshilik qilganga yaxshilik qilish kerakmi yoki faqat qadrlaganga yaxshilik qilish kerakmi? Siz bilan biz Allohni ne’matlariga cho‘milib kechayu kunduz qanchalar gunohga botib yashayapmiz. Yaxshilikni bilmaydigan biz nonko‘rlarga Alloh siz kabi muomala qilsa holimiz voy bo‘lishini bilasizmi? Alloh kechirishini xohlagan inson o‘zi ham unga nisbatan qilingan ishlarni kechirishi, Alloh rahm qilishini xohlagan inson har qanday insonga rahm qilishi, Alloh berishini xohlagan qadrlamaganlarga ham berish kerak. Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi: وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا20...Ba’zilaringizni ba’zilaringizga sinov qildik. Sabr qilarmikansizlar?! Robbing ko‘rib turuvchi(Zot)dir.
Sabrning mukofoti quyidagi “Oli Imron” surasidagi oyatda bayon qilingan.وَاللّهُ يُحِبُّ الصَّابِرِينَ 146...Alloh sabrlilarni sevadir.
Allohga mahbub insonga aylanish bu cheksiz saodatku. Siz ko‘z yummayotganingizda onangizni shu cheksiz saodatdan mahrum qilayotganingiz xayolingizga ham kelmasa kerak. Aksincha siz bizni javobimizni onangizga etkazing. Faqat faqat Allohning roziligi uchun xizmat qilishni o‘ylab, qolganiga ko‘z yumishni ayting. Hadisda chanqagan itga suv berib jannatiy bo‘lgan ayolning xabari kelgan. It tabiatli insonlarga suv berish bilan ham jannatiy bo‘lish mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:16 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush