Ajralmada g‘usl
Assalomu alaykum! Garchi bunga o‘xshash savol oldin berilgan bo‘lsa-da, lekin ko‘nglim xotirjamligi uchun sizlarga yana bir bor murojaat etmoqdaman. Uyqudan uyg‘onganda suyuqlik xoh hirsiy tushlardan bo‘lsin xoh o‘zi kelgan bo‘lsin g‘usl qilinishiga sabab bo‘ladi deyilibdi. Axir ayollarda shamollash ham sabab bo‘lishi mumkin, qolaversa qin doim namlanib turishi bu normal holat. Ayollarda o‘z-o‘zidan hirsga berilganda (uyg‘oq holatda) vыdeleniya kelishi hamda shunchaki (uyqu vaqtida) kelishida husl vojib bo‘ladimi? Balki ayollar uchun dinda biror engillik bordir? O‘zim ham 5 vaqt namozni kanda qilmayman Allohga shukur. Ba’zan hirsdan ham suyuqlik keladi. Bunda g‘usl vojib bo‘ladimi? Unda oila a’zolar orasida tushunmovchilik kelib chiqsachi? Yoki shunchaki suyuqlik kelishida g‘usl qilish shartmi? Ayollarga bunchalik qiyinchilik yulkatilgan bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi ham ziyrak bo‘lishi kerak. Namliklarni ajrata oladigan darajada tajribalar qilishi kerak. Hamma xirs bilan chiqqani ham maniy bo‘lavermaydi. Maziy bo‘lishi ham mumkin. Hamma uyqudan oldin nimadan ta’sirlanganini o‘zi biladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 175 | Tahorat