Ro‘zada burun uchun sprey

Assalomu alaykum! Ro‘zada allergiya uchun burunga spreydan foydalansa ro‘za buzulmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dori tomizsa yoki sprey sepilsa ro‘za ochiladi. Siz xuddi sovunga o‘xshab burun teshiklariga surtsa dimog‘ini ochadigan dori bor o‘shandan foydalaning. Agar topa olmasangiz tomizadigan doringizni biror latta yoki salfetkaga tekazib, burunning ichga surtib yuborsangiz ham dimog‘ingizni ochadi. Agar bunda ham ochilmasa, ro‘zani ham tuting, ehtiyotan fidyasini ham bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar