Ruhiy xasta yigitni uylantirsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Mening qayn ukam, yigirma besh yoshlarida ruxiy xasta bo‘lib qoldi. Bir ikki mulla, eshonlarga olib borib o‘qitdik foydasi bo‘lmadi, keyin ruxiy kasallar shifoxonasiga olib borib majburdan yotqizib davolatdik. Avvallari shifoxonaga majburdan olib borar edik, keyinchalik taqdirga tan berib xar oy o‘zi borib bitta ukolini olib keladi va xar kechqurun tabletkasini ichib yotadi. Xozir yoshi 36da. Savolim shundan iboratki, biror bir o‘ziga mos qiz topib uylantirsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruhiy hasta qiz yoki yigitni nikohlashda ularga foyda bor deb bilinsa ularni nikohlash joiz. Bunda narigi taraf kelin yoki kuyovning ruhiy hasta ekanini bilishi va bunga nikohlanuvchining o‘zi va valiylari rozi bo‘lishi lozim. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar