Ayollar saf bo‘lib namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Yaqinda ayollar to‘yiga borgan edim, shom vaqti kirdi, shunda to‘yxona kirish qismiga ayollar erkaklardek saf tortib orqama-orqa namoz o‘qishni boshlashdi (albatta hech kimga ergashmay, yakka holda), men ham safdagi bo‘sh joyda 3 rakat farzni o‘qidim, lekin ro‘paramdagi qatorda ham namoz o‘qiyotgan ayol borligi sabab, sunnatni o‘qimay boshqa xonaga kirdim, u erda ham shunday qator va saflar ekan. Umuman mendan oldingi o‘rinda, ya’ni ro‘paramda odam yo‘q qatorga o‘tib shom namozini boshidan ado etdim. 1. Shunday hollarda ayollar saflanib namoz o‘qishi to‘g‘rimi? 2. Birinchi o‘qigan namozim durustmi yoki keyingi xonadagisi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 19:06 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar