Chiroq haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar, savol javoblarni o‘qib dinda chiroq yoqish mumkin emasligi va uni qilgan kishi katta gunoh orttirishi xaqida bilib oldim. Men chiroq qo‘yish va shunga o‘xshash ishlar xozir yo‘q bo‘lib ketgan deb yurar edim. Lekin oilamdagi bir voqea meni ancha tushkunlikka solib qo‘ydi. Oiladagilar bilan turli ekstrasens, jinkash va shunga o‘xshashlarga borish mumkin emasligi xaqida suxbatlashdik. Shunda kelinopam sizlardan bir narsa so‘rab berishimni iltimos qildi. Kelinopam aytdiki: Meni qo‘lim og‘rib, turli yaralar chiqib ancha qiynaldim. Doktorga bordim, dori darmon qildim, lekin foydasi bo‘lmadi. Uy ishlarini qilish xam qiyinlashib qoldi. Keyin enam(otamni onasi) chiroqchiga borishini aytibdilar. Kelinopam borsa chiroqchi xotin seni uyingda kimdir chiroq qo‘ygan sen o‘sha chiroqni ushlab olgansan shunga xar oy boshida chiroq yoqib turishing kerak debdi. Buning uchun kelinopam unga un, tuz va shunga o‘xshash narsalarni u xotinga olib borishi va u xotin kelinopam nomlariga chiroq yoqishini aytdilar. Shunda og‘riq va yaralar tuzalarkan. Kelinopam: men ishonmasdim shu sababli bu oy boshida olib bormadim lekin og‘riq va yaralar yana boshlandi shu sababli kuni kecha yana narsalarni berib keldim va ular to‘xtadi dedilar. Bu ishni mumkin emasligini va oqibati yomoligini bilaman. Ayniqsa bu ish o‘z oilamda bo‘layotgani meni ancha qiynadi. Lekin kelinopamga qanday yordam berishni bilmayman. Iltimos maslaxat beringlar kelinopam qanday yo‘l tutsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi “Kallam ketsa ketsin lekin iymonim ketmasin” deydigan bo‘lishi kerak. Mo‘min-musulmon kishi shariatimiz man qilgan dam solish orqali o‘ziga shifo axtarishi mutlaqo to‘g‘ri emas. Shuningdek, tumor va issiq-sovuqqa o‘xshash noshar’iy ishlarga ham yaqinlashish gunoh ish hisoblanadi. Abu Dovud rahmatullohi alayh rivoyat qilgan yana bir rivoyatda: “Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayoli : “Abdulloh bo‘ynimga osilgan ipni ko‘rib qolib, bu nima dedi. “Men uchun bunga ruqiya qilib berilgan ip” dedi. Abdulloh uni olib uzib tashladida so‘ng “Abdullohning oilasi shirkdan behojatdir. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir» deyayotganlarini eshitganman” dedilar. Men «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi» dedim. Shunda Abdulloh «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqomaa» dedi” deganlar”. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 189 | Oila va turmush