Qarzimni sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men hozirda topa olmagan odamlarim qarzini bechora yo‘qsil odamga berish kerak deb o‘qidim. Shunga o‘xshash yoshlikdagi sinf fondi. Bunda aniq kimniki ishlatganimni bilmayman, afsusdaman, sadaqa qilib yuborishga mahallamda bir qiynalgan oila bor. Ammo ularning musulmon ekanligiga shubham bor. Agar musulmon bo‘lishmasa ham sadaqa bersam bo‘ladimi yoki masjidga topshirishim kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘z egalarini topib berishingiz shart. Qanday qilib olganingizni aytishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar