Ona o‘g‘liga qo‘ygan sharti

Assalomu alaykum! Ona o‘g‘liga pul to‘g‘risida janjal sabab hotinga mendan so‘roqsiz pul bersang bergan sutimga rozi emasman dedi. Bundan keyin o‘g‘il hotinini harajatlari uchun onasidan so‘roqsiz pul berib qo‘ydi chunki har bir mayda chuyda harajatlar uchun beradigon pulini onasiga aytishni ep ko‘rmadi. Hozir o‘g‘ilni dili hufton xotiniga onasidan so‘roqsiz pul bergani uchun, endi buni huqmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning nafaqasi erning zimmasiga vojib. Agar ayol zaruriy xarajatlari uchun pul so‘rasa bunday holatda murosa yo‘liga o‘tib, onaga bildirmasdan nafaqasini berib turishi kerak. Alloh zimmasiga vojib qilgan ishdan biror odam qaytarsa u odamga shu ishda itoat qilinmaydi. Ammo zaruratdan oshiqcha narsa uchun so‘rasa onaning buyrug‘iga xilof qilmasligi kerak. Ona odatda bu buyruqni kelinga zarar berish uchun emas, biror yomonlikning oldini olish uchun bergan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2023, 18:13 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar