Nifoq

Assalamu alaykum! O‘zimni munofiqligimni bildim, munofiqlikni hamma alomatlarini borligini sezdim, eshitishimcha shaxidlik ham munofiqni aybini yuvmas ekan. Umidsizlanib qoldim, mendan umid yo‘qmi endi? Munofiqlikdan qutishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz o‘zingizda bor aybni his qilishingiz va uni o‘nglashga harakat qilishingizning o‘zi sizga yaxshilik iroda qilinganini alomati hisoblanadi. Odamlar o‘zlarida bor aybini bilmaydilar, bilgani ham turli bahonalarni o‘ylab topib, o‘nglashga harakat qilishmaydi. Hatto buzuqlik bilan shug‘ullanib o‘sha ishiga “qalbim pok” deb diniy tus berishga harakat qiladi. Himmat qilib o‘sha dardlarni yo‘qotishga harakat qiling. Sizni qo‘lingizdan kelmasa shak-shubha yo‘qki Alloh bunga qodir. So‘rab toqatingiz etganicha harakat qilsangiz bo‘ldi. "Ruhiy tarbiya" kitobini ham o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar