Hadisga tushuncha bering

Assalomu alaykum! V osnovnom sobaki lyubыx vidov zlovrednы. Poslannik Allaxa (mir emu i blagoslovenie Allaxa) skazal: «Esli bы sobaki ne bыli odnoy iz (sotvorennыx) obin, to ya bы nepremenno povelel ubivat ix, no ubivayte iz nix kajduyu chernuyu» Xadis dostovernыy (sm. «Saxix al-Djami’» #5321.). Shu hadisdan kelib chiqiqb qora itlarni o‘ldirishimiz kerak mi yoki boshqa manoga ega mi hozir ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islomning avvalida har qanday itni o‘ldirishga buyurganlar. So‘ngra bu buyruq qop-qora itga xoslangan. Keyinchalik esa butkul nasx qilingan. Shunga binoan insonga ochiq-oydin zarar beruvchi itlardan boshqasini besabab o‘ldirish joiz emas. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 08:00 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar