Qayt qilsa ro‘za nima bo‘ladi
Assalomu alaykum! Men kecha saxarli qilmasdan suv bilan og‘zimni yopgandim afsuski iftorlikkacha rosa mazam bo‘lmay qoldi. Hattoki qayt qildim, bir emas 3 marotaba. Buvim “suv ich ochilib bo‘ldi ro‘za” dedlar. Men gunoh qildimmi, juda qo‘rqayapman namozlarimni qoldirmay o‘qiyman talaba qizman. Endi nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qay’ qilish bilan ro‘za ochilmaydi. Qo‘lini tiqib zo‘rlab qayd qilsa keyin ochiladi. Rostdan mazangiz bo‘lmay qolgan bo‘lsa ro‘zani ochish bilan gunohkor bo‘lmaysiz. Alloh taolo insonni toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 157 | Bola tarbiyasi