Vasvasani yo‘qotish

Assalomu alaykum aziz ustozlar! Bir do‘stim menga telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "@Muhammad_Hoblos_Uzbek" nomli kanalining quyidagi xabarini jo‘natdi. Mening bunga shubham bo‘lgani bois siz azizlardan aniqlab olishga qaror qildim. Xabar quyidagicha: "Mo‘min vasvasadan qanday qutiladi? Vasvasaga uchragan birodarlarimiz shuni bilib qo‘yishsin, 3 rakat bo‘ldimi 4 rakatmi, 4 rakat bo‘ldimi 3 rakatmi yo 5 rakatmi, deb doim vasvasaga uchrayotgan bo‘lishsa, o‘sha o‘qigan namozini qayta o‘qimasin. Ulamolarimiz bunday hollarda vasvasaga uchragan odam xususida shunday deydilar: - Ey shayton! Mening shunday Robbim borki, 3 rakat o‘qigan bo‘lsam ham, mendan 4 rakat, deb qabul qiladi. 5 rakat o‘qisam ham 4 rakat, deb qabul qiladi, desin. O‘sha namozini qayta o‘qib, shaytonni xursand qilmasin. 3akardan tomchi tomdimi-tommadimi, degan vasvasa borasida ham xuddi shunday qilsin va desinki: - Ey Robbim, mening shunday Robbim borki, men shu holatda ibodatimni qilsam ham, Robbim mendan uni kamchilik-nuqsonsiz qabul qiladi! Yana shunday vasvasalardan biri: Ayolimni taloq qildimmi, qilmadimmi, aytdimmi, aytmadimmi. Bu ham ko‘pincha vasvasaga aloqador. Birodarim, sen ma’zursan. Shaytonga aytginki, Robbim menga shunday ishonch berganki, og‘zimdan chiqib ketsa ham, hukmsizdir, degin va vasvasaga mag‘lub bo‘lmagin. Alloh taolo bunday vasvasaga uchrayotgan birodarlarimizni muhofaza qilsin! Shunday vasvasalanishlar yuqadigan joylardan biri hammomdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Kishi g‘usl qiladigan joyga bavl qilsa, unda vasvasalanish bo‘ladi», deb marhamat qilganlar. © Doktor Ihsan Shenojak hafizahulloh Abdulloh Rahimboev tarjimasi @Muhammad_Hoblos_Uzbek" Shu xabar to‘g‘risida nima deysizlar. Bu xabar qanchalik to‘g‘ri? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Jazakallohu xoyran.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu vasvasani yo‘qotishni bir tadbiri ekan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar