Xayyun samadun duosini yozib ilib qo‘yish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim menga Xayyun samadun bok,iy, Valaxu kanafun vokiy degan rasmni tashlab ovozli xabarda buni chiqarib darvozani orqa tomoniga yopishtirib qo‘ysangiz shu duo sabab vabo illati yaqinlashmas ekan. Bu duoni ulug‘lar sinashgan ekan – dedi. Bu qanchalik to‘g‘ri, bunga amal qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U bir tajriba. Sizlar Allohning ism sifatlarini o‘zlaringiz o‘qib Allohga duo qilib Allohdan so‘ranglar. Shunisi afzal, Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَلِلّهِ الأَسْمَاء الْحُسْنَى فَادْعُوهُ بِهَا 180. Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas, Unga ular ila duo qiling...  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 133 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar