Xarbiy soxa

Assalomu alaykum! Men 1-yillik muddatli xarbiy xizmatga borib keldim. Xizmatdan oldin 5 vaqt namozni o‘z vaqtida masjidda ado etar edim, islomga kundan kun mexrim oshar, xar kuni o‘zim uchun zikr aytishni 4000-6000 aytishga odatlanib qolgan edim. Qonuniy burch, o‘zbek armiyasini mardlar qo‘riqlaydi, Armiya mardlar qo‘rg‘oni deb televizorlarda chiroyli kadrlar bilan ifodalashadi. Ammo men bunday narsalarni armiyada xis qilganim yo‘q. Bizlarni kuchli qo‘riqlashadi deb o‘ylar edim, lekin u erdagi qanchadan qancha haromgarchiliklar, bir-birini ko‘raolmaslik, g‘iybatchilik (bu borada ularning oldida xotinlar xech narsa emas), ichkilikbozliklar va hokazolar. To‘g‘ri u erdan xizmat tavsivnomasi olib qaytdim va universitetga kirdim xam, ammo bundan xursand emasman. Iymonim zaiflashib ketdi, namozlarni ado etyapman, lekin Allohga bo‘lgan xushu pasayib ketgan. Savolim quyidagicha: Mening tug‘ishgan opam borlar ular salkam 5 yil oldin turmushga chiqqan edilar, to‘ylaridan 6 oy so‘ng qoynonasi tufayli ajrashib ketishdi. Xozirda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasida 2 yildan buyon ishlamoqdalar, ishga kirishdan oldin Qur’onni xatm qilgan edilar, namozlar o‘qir edilar. Xozir kunda juda o‘zgarib ketganlar, xamkasblari bilan o‘tirishma-o‘tirish, kechqurunlari kech uyga kelish, xammamasidan qattiq xavotirdaman. Necha marotaba urush qildim, din tomonlama xam tushunturdim, foydasi bo‘lmayapti. Onam esa ko‘proq uni yonini oladilar, urushishimizni xoylamaydilar, opamning topib olgan gapi "Men o‘zimga to‘g‘ri bo‘lsam bo‘ldi" degan gapi... Onam esa Allohga topshirib qo‘y O‘zi to‘g‘ri yo‘lga soladi deydilar. Ustozlar sizlardan iltimos to‘g‘ri va ibratli yo‘l ko‘rsatinglar, ertaga Allohni oldida opam uchun javob berishim bor...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xalqimiz “Do‘sting olaqarg‘a bo‘lsa eyishing falon narsa” deb bekorga aytmagan. Opangizni ishdan bo‘shatish tabdirini qilsangiz hama narsa o‘z yo‘liga tushadi. Aks holda buning oqibati o‘zingiz ko‘rib turgan holat bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar