Plastir bilan g‘usl

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, mening oyoq tirnog‘im qimirlab ostidan yiring chiqayotgan edi. Plastir bilan bog‘lab oldim. Shu holatda g‘usl qildim, plastir barmoq ustidan yaxshilab suv o‘tkazdim, tahoratda ham. Doktor bilan maslahatga ulgurmadim. Yani bunda suv tegsa qancha zarar ekanini bilmadim, ammo yiring chiqmasin deb bog‘lab oldim. Shu joizmi? Yoki plastirni olishim shart edimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Etkazmasligingiz ham mumkin edi. To‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar