Fond birjalar

Assalomu alaykum! Savolim fond birjasi haqida. Saytni o‘qib chiqdim bu haqidagi hamma savol javoblarni ko‘rdim. Savol berganlarni ko‘pi valyuta birjasini so‘rashgan ekan. Valyuta savdosida qo‘l bilan oldi berdi qilish muhim ekanligi aytilgan. Lekin Foreksda boshqa juda ko‘p aktsiyalar ham bor. Halol mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ko‘p kompaniyalar ham bor. Man aytmoqchi bo‘ganim shunday halol narsa ishlab chiqaruvchi kompaniyadan aksiyasidan sotib olib, savdo oshganida, aksiya ko‘tarilganida sotib foyda qilsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fond birjalarini chuqur bilgan mutaxassislarni aytishlaricha u erda asosan asli yo‘q mahsulotlar sotilar ekan. Masalan tsement zavodi sentyabr oyidagi fond birjada 6 oydan keyin ishlab chiqaradigan tsementini sotar ekan. Undan boshqasi olib, yana boshqasi olib qo‘ldan qo‘lga o‘tib ketar ekan. Bu shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar