Yomon xayollar bilan kofir bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Meni bir narsa o‘ylantirib vahimaga tuushirdi. Yaqin kunlarda dilim boshqa tilim boshqa bo‘b qoldm, undan ham qo‘rqinchlisi hayolimga har hil kufr fikrlaru shunga o‘xshash shaytoniy hayollar kelib meni tinch qo‘ymayabdi. Allohga shukurki karantin boshlangandan beri 5 mahal namozimni qoldirmasdan o‘qiyabman. Avvalari ham o‘qir edim ammo o‘qishim sabab to‘liq ado eta olmayotgan edim. Mana shunday o‘yu-hayollar tufayli kufr bo‘ladimi? Inson shu fikrlari bilan gunohkor bo‘ladimi? Alloh asrasinku ammo kufrga chiqqan bo‘lsa unda qanday yo‘l tutmog‘imiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular hammasi shaytondan. U sizni yana avvalgi benamoz holingizga tushirish harakatida. Siz taslim bo‘lmang, vasvasa kelganida “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn”ni ko‘p ayting. Xayollar bilan kofir bo‘lib qolmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: جَاءَ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلُوهُ: إِنَّا نَجِدُ فِي أَنْفُسِنَا مَا يَتَعَاظَمُ أَحَدُنَا أَنْ يَتَكَلَّمَ بِهِ، قَالَ: وَقَدْ وَجَدْتُمُوهُ؟» قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: «ذَاكَ صَرِيحُ الْإِيْمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha kishi kelib, u zotga: «Ko‘nglimizga shunday narsalar keladiki, bularni aytishni juda og‘ir (gunoh) deb bilamiz», deyishdi. U zot: «Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi?» dedilar. «Ha», deyishdi. U zot: «Ana o‘sha ayni iymondir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Muslim"). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya