Ramazon ro‘zasi bilan qazo ro‘zani birga tutish

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, "Mo‘minning qalqoni" kitobda Ramazoda ro‘za tutish bilan birga zimmadagi qazo ro‘zalarni ham niyat qilib tutish mumkinligi aytilgan. Lekin batafsil yoritib berilmaganligi va bu mavzu qisqacha chuntirilgani uchun qo‘shimcha savollarim tug‘ildi. Ramazonda, ham farz ham qazo ro‘zalarini tutmoqchi bo‘lgan kishi qaysi vaqt qanday niyat qilsa farzni ham qazo ro‘zani ham tutgan bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kitobda unday deyilmagan. Shar’an ramazon ro‘zasi bilan qoldirilgan ro‘zani qazosini jamlab tutish joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 164 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar