Biz yana birga yashasak bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha, men ayolimga ayolimning talabi bilan sms orqali "Sizni taloq qildim" deb habar jo‘natdim. Niyatim taloq qilish bo‘lgan. Lekin bir taloqdan keyin yana oradan bir vaqt o‘tib yarashib ketishni niyat qilgandim. Oradan ikki oylar chamasi vaqt o‘tgandan keyin sud orqali ayolimning arizasiga binoan ZAGS kesiladigan bo‘ldi. Shunda ayolimni menga nisbatan ko‘nglini bilish uchun "Sizni nikohimga qaytarib olganman" deb yolg‘on gapirdim. Ayolim men baribir siz bilan yashamiyman erga tegib ketaveraman dedi. Nikoximda bo‘lsez tegolmaysizku dedim. Siz bilan birga yashamayapmizku dedi. Keyin xazillashdim dedim. O‘sha kuni sudda ZAGS kesildi. Lekin men ZAGS bekor bo‘lishiga roziligimi aytayotganimda taloqni niyat qilmadim. Niyatim faqat ayolimi ko‘ngli uchun ZAGSni bekor bo‘lishi edi. Oradan 4 yil o‘tib ayolim men bilan yarashish istagi borligini bildirdi. Mendan keyin boshqa turmushga chiqmadi. Biz qayta nikoh o‘qitib birga yashasak bo‘ladimi yoki yo‘limiz yopilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq bir bor aytilgan bo‘lsa uchtadan bitta imkoniyat ketib yana qayta nikohlanishingiz joiz. Holat siz yozgandan boshqacha bo‘lsa hukmi ham boshqacha bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush