Aka ukaning maxramlari
1). Assalomu alaykum! Aka yoki uka olamdan o‘tsa, o‘sha tul qolgan ayolni iddasi chiqqandan keyin aka yoki uka nikohiga olsa bo‘ladimi? 2). Agar aka uka opa singillarga uylanishgan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aslida joiz.
2). Ammo bu holatda joiz emas. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلاً أَن يَنكِحَ الْمُحْصَنَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ فَمِن مِّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُم مِّن فَتَيَاتِكُمُ الْمُؤْمِنَاتِ وَاللّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِكُمْ بَعْضُكُم مِّن بَعْضٍ فَانكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلاَ مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ فَإِذَا أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَاحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى الْمُحْصَنَاتِ مِنَ الْعَذَابِ ذَلِكَ لِمَنْ خَشِيَ الْعَنَتَ مِنْكُمْ وَأَن تَصْبِرُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Ya’ni bir kishi o‘z nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yoki singlisiga uylansa bo‘laveradi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qo‘shib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadi, shuning uchun harom qilingan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar