Jannatiy bo‘ladilarmi
Shayx hazratlari sizga ikki dunyo saodatini tilagan xolda savolimni bersam. Ustoz olamdan otgan kishi gunoh amallari kop bolsa va u insonni farzandlari otasi uchin savob amallar kilsa jannatiy bo‘ladimi. Umuman olamdan otgan insonni bu dunyodaki inson jannatiy kila oladimi. Savolim nourin bolsa uzr sorayman. Ilmingizni Allohu Taolo ziyoda kilsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘LGANLARGA DUO QILISh VA ULARGA SAVOB ATASh 93. Tiriklarning duo va sadaqalaridan o‘lganlarga manfaat bordir. Sharh: Ahli sunnat va jamoa o‘lganlar tiriklarning qilganidan ikki yo‘l bilan manfaat olishlariga, ittifoq qilganlar. Birinchisi: O‘lgan odam tirikligida qilgan amalidan manfaat oladi. Ya’ni, bandaga u tiriklik chog‘ida oxirati uchun qilgan ishlari, o‘lgandan keyin o‘ziga manfaat etishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchisi: Musulmonlarning uning haqiga qilgan duolari va aytgan istig‘forlari, uning nomidan qilingan sadaqalari va hajlaridan ham o‘lgan odam manfaat oladi. Badaniy ibodatning savobi o‘lganga etadimi, yo‘qmi? , degan masalada ixtilof bo‘lgan. Badaniy ibodat, ro‘za, namoz, Qur’on qiroati va zikrga o‘xshagan narsalardan iborat. 1. Abu Haniyfa, Ahmad ibn Hanbal va jumhur (ko‘pchilik) badaniy ibodat savobi o‘lganga etadi, deganlar. 2. Shofe’iy mazhabidan mashhur gap va Molik etmaydi, deydilar. O‘lganga o‘zidan boshqaning amalining savobi etishiga dalil, Qur’onda, Sunnatda, Ijmo‘da va Qiyosda bordir: 1. Qur’ondan dalil: «Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan oldin iymon bilan o‘tgan birodorlarimizni mag‘firat qilgin», derlar». (Hashr: 10). Alloh taolo ushbu oyatda o‘zlaridan oldin o‘tgan mo‘minlarga mag‘firat so‘raganlarni madh qilmoqda. Bu esa o‘lganlar-tiriklarning istig‘foridan manfaat olishiga dalolat qiladi. 2. Sunnatdan dalil: Imom Abu Dovudning «Sunan» kitobida Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan quyidagi hadis rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘lik dafn qilib bo‘lgandan keyin ustida turib: «Birodaringizga istig‘for aytinglar. Unga sobitlik so‘ranglar. Chunki, u hozir so‘roq qilinadi», der edilar». Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan o‘lganlarga qabrlarini ziyorat qilgan vaqtda duo qilish haqida hadislar kelgan. Imom Muslimning «Sahih» kitoblarida kelgan hadis bunga misol: «Oisha onamiz roziyallohu anho Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Qabr ahllariga istig‘for aytsangiz nima deysiz? » deb so‘rdilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Assalomu alaykum, ey mo‘min va musulmonlar diyori ahli. Alloh bizdan va sizdan oldin o‘tganlarniyu, keyin qolganlarni rahim qilsin. Va albatta, biz ham sizlarga kelib qo‘shilamiz», deb javob berganlar. 3. Ijmo‘dan dalil: Islom ummatining e’tiborli asosiy qismi jam bo‘lib, o‘lganga janoza namozidagi duoni dalil qilib, o‘lgan tiriklarning duosidan manfaat oladi, deganlar. Janoza namozidagi duolar ma’lum va mashhurdir. Ularni o‘z ahl i bilandir. 4. Qiyosdan dalil: Badaniy ibodat bo‘lmish duo o‘lganga manfaat bergandan keyin ro‘za, namoz kabi boshqa badaniy iboratlar ham manfaat berishi turgan gap. Chunki, orada farq yo‘q. Buning ustiga boshqa badaniy ibodatlar ham manfaat berishi haqida hujjat va dalillar bor. Sadaqaning savobi o‘lganga etishiga dalil: «Bir kishi Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Allohning Rasuli, onam to‘satdan vafot etdi. O‘ylaymanki, agar gapirsa sadaqa qilar edi. Uning nomidan sadaqa qilsam, unga savob bo‘ladimi? » deb so‘raganda. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ha! »-deb javob berdilar. (Buxoriy va Muslim Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilganlar). «Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Allohning Rasuli, onam, mening yo‘qligimda vafot etdi. U kishining nomidan sadaqa qilsam u kishiga manfaat beradimi? » deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. Shunda Sa’d roziyallohu anhu: «Sizni guvoh qilamanki, hosildor bog‘im u kishining nomidan sadaqa», dedi. (Buxoriy Ibn Abbosdan rivoyat qilgan). Ro‘zaning savobi etishiga dalil: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim vafot etsayu zimmasida ro‘za tutish bo‘lsa, uning nomidan valiysi ro‘za tutadi», deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar). Hajning savobi etishiga dalil: Sahih Buxoriyda Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Juhayna qabiylasidan bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Onam haj qilishni nazr qilgan edi. Haj qilmasdan vafot etib qoldi. U kishining nomidan Haj qilsam bo‘ladimi? » dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Uning nomidan haj qil. Aytchi, onagning qarzi bo‘lganida ado qilarmiding? Allohning qarzini ham ado qilinglar. Alloh vafo qilishga haqlidir», dedilar. Shuningdek, musulmonlar, o‘lgan odamning qarzini boshqa birov, hatto begona odam ham, to‘lab qo‘ysa uning zimmasidangi qarz soqit bo‘lishiga ijmo‘ qilishgan. Buning dalili - Abu Qatodaning hadisidir. Abu Qatoda roziyallohu anhu bir o‘likning ikki dinor qarzini o‘z bo‘yniga olgan. Keyin o‘sha ikki dinorni haqdorga berganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Endi (o‘lganning) terisi sovudi», - deganlar. (al-Hokim rivoyat qilgan). Xuddi ro‘za va hajning savobi etganidek, haq olmasdan, xolisona Qur’on qiroat qilib savobi o‘lganga bag‘ishlansa, uning savobi ham etadi. Agar: «Bu ish o‘tganlar ichida ma’lum bo‘lmagan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham buni qilishga irshod qilmaganlarku! » - degan e’tiroz bo‘lsa, javob shulki: Agar, e’tiroz qiluvchi haj, ro‘za va duoning savobini etishini e’tirof qiladigan bo‘lsa, bular bilan Qur’on qiroati savobining etishi orasida nima farq bor? O‘tganlarning qilmagani savobni etmasligiga dalil emas, deyiladi. Agar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqaning nomidan ro‘za, namoz, haj va sadaqa ado qilishga irshod qilganlar. Qiroatga esa irshod qilmaganlar, degan e’tiroz bo‘lsa. Javobimiz quyidagicha: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sababsiz, avval boshdan irshod qilganlarida qiroatning savobi etmasligiga dalil bo‘lishi mumkin edi. Haqiqatda esa, undoq bo‘lmagan. Odamlar o‘lgan shaxs nomidan ro‘za tutish, haj qilish haqida so‘rab kelishganda izn berganlar. Bu esa, boshqa narsalar man qilingan, degani emas. (Agar biron kishi Qur’on qiroati haqida so‘raganida izn bergan bo‘lur edilar). Qiroat savobini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlashga kelsak. Mutaaxxir ulamolardan ba’zilari bu ishni mustahab, deganlar, ba’zilari, bid’at, deganlar. Chunki, sahobalar bundoq qilmaganlar va o‘zi shundoq ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga u kishining ummatlaridan har birining yaxshi amali savobi, qiroati Qur’onmi, boshqami etib turadi. Chunki, U zot ummatlarini yaxshi ishlarga dalolat va irshod qilganlar. O‘lgan odam Qur’on qiroatini eshitsa manfaat oladi, degan gap to‘g‘ri emas. Bu gapni mashhur imomlardan birortasi ham aytmaganlar. O‘lik qiroatni eshitishi mumkin. Ammo, eshitib, manfaat olishi sobit emas. Bu narsa hayot vaqtida bo‘lishi shart. Chunki, bu ixtiyoriy ishdir va o‘limi bilan kesilgandir. Balki, zararlanishi, alam chekishi mukin. Allohning amrida yurmagani, qaytarganidan qaytmagani va yaxshi amallarni ko‘proq qilmagani uchun nadomat qilishi mumkin. Bilingki, Qur’on qiroati savobini bag‘ishlash uchun marosim uyushtirish, juz’larni bo‘lib berish, jamoat bo‘lib, ovoz chiqarib duo qilish kabi odat bo‘lib qolgan narsalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, tobe’iynlar, taba tobe’iynlar va mujtahid ulamolarning birortasidan ham sobit bo‘lmagan. O‘lganning nomidan ro‘za tutish, haj va sadaqa qilishning ma’lum shakli bo‘lmaganidek, Qur’on qiroatining ham ma’lum shakli yoki shart-sharoiti yo‘q. O‘lgan odamga savob bo‘lishini xohlagan odam o‘zi tilovat qilib, duo ila savobini bag‘ishlab qo‘yaveradi. Ammo, birovni Qur’on tilvot qilib savobini mayyitga bag‘ishlash uchun yonlab olishni o‘tgan azizlardan hech kim qilmagan. Ulamolarimizdan birortalari bu ishga amr qilmaganlar, ruxsat ham bermaganlar. Savobning etishi, amal Alloh uchun xolis bo‘lgandagina bo‘ladi. Ajr-haq olish uchun yonlangan odamning qiroati esa, xolisona emas. Shuning uchun undan savob ham hosil bo‘lmaydiki, mayyitga bag‘ishlasa. Shuning uchun ham, imomlardan birortalari ro‘za tutib, namoz o‘qib savobini mayyitga bag‘ishlash uchun birovni kiraga olinadi ham, demaganlar.
26 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar