Qazoni hisoblash yoshi
Assalomu alaykum! Qazo namozlarini o‘qib berishni barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin aniq yoshini bilmaymiz. Namoz va ro‘zani aniq yoshini aytib yuborsangizlar iltimos! Alloh umringizni ziyoda aylasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARI O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati: 1. Tushida bulg‘anishi; 2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi; 3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi. Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir: 1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi; 2. Tushida bulg‘anishi bilan; 3. Homilador bo‘lishi; 4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar