Harom sotiladigan joyda ishlash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, javobingiz uchun oldindan tashakkur! Men hozirda xorijda taxsil olaman, Islomiy davlat bo‘lmaganligi uchun bu erda halol go‘shtni topishning o‘zi mushkul. Moddiy ehtiyojlarni qondirish  maqsadida bir restoranga dugonalarim bilan ishga joylashmoqchi edim. U erda taomlarni Allohni nomini aytib so‘yilmagan go‘shtlardan tayyorlashligi aniq, shu sababli ikkilanib qoldim u erda ishlab topgan pulim halol bo‘lmasachi deb. Agar ichkilik yoxud halol bo‘lmagan go‘sht sotiladigan joyda ishlasa yoki taom tayyorlasa topgan puli ham harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

24 Aprel 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar