Sexrni yo‘q qilish

Assalomu alaykum! Oila qurib ajrashganman, 3 taloq qo‘yganman ko‘ngildan chiqarib qayta yarashtirib qo‘yishmaslik uchun onamni juda ko‘p qiynagani uchun. Onam esimni taniganimda beri 5 vaqt namozini qoldirmasdan o‘qiydi. Onam 2 guruh nogironi, kamqonlik bo‘yicha gruppaga chiqqan onamga siqilish mumkinmas yuragi kasal. Lekin ajrashgan ayolim xar oy yangilanganida onamga ilmu amal qilib yo‘qotish payida bo‘ladi 2,5 yildan beri shu xolat takrorlanaveradi ajrashgan ayolim va uning oilasi qora baxshilardan borib onamga sexr qildirishadi va menga xam. Xar oyda onam qattiq betob bo‘lib yotib qoladi yuraklari bezovta bo‘ladi uyqulari yo‘qoladi tushlarida xar xil qora odamlar kirib buni biz yo‘q qilamiz, ovozini o‘chiramiz deb qo‘rqitadi va namozda o‘tirganlarida xam orqalarida qora sharpalar taqib qilaveradi uylarda xam qora sharpalar to‘lib yuradi xojatga borayotganida xam orqasidan qadam tovushlari eshitilib turadi orqasiga qarasa hech kim yo‘q boladi yuragimni vaxima bosadi deydi onam. Oilada onam va men yolg‘iz farzandman dadam yoshligimda vafot etgan. O‘glim ayolim bilan turadi onam soginganida uyga olib kelganimizda yana o‘sha qora sharpalar keladi va onam va men betob bo‘lib qolamiz nima qilaylik bolani olib kelmaylik desak soginamiz ikki kun bo‘ldi yana onam kasal bo‘lib qoldi namozini qoldirgani yo‘q va shu axvol bir xafta o‘n kun davom etadi.Onam bilgan duolarini o‘qib o‘ziga dam soladi. Sizlar bu axvolimizga qanday maslaxat berasizlar va qanday duolarni va suralarni o‘qishimizni maslaxat berardiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani olib kelishdan avval quyidagilarni o‘qing. عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga 
(bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu oltitani «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.Ikki “Qul” bilan boshlanadigan suralarni o‘qib onangizga dam soling va onangizni yonida-cho‘ntagida doimo misvak tursin. Shunda hech qanaqa sehr-jodu ta’sir qilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:36 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar