Shunday xotinni taloq qilish joizmi

Assalomu alaykum! Men o‘tgan yili noyabr oyida oila qurdim. Undan oldin 2 yil iymonli dinli va diyonatli qiz oxtardim. Sabab biz tomonda kamroq edi. Topganlarim uzoqroqdan bo‘lar, ular esa uzoq deb bermadi. Yaqindanam topdim lekin dadam aroq ichganlari uchun ularxam bermadi. Kegin xartomondan menga bosim ko‘payib ketdi, uylanseng o‘zing o‘rgatvolasan senga qarab uyam o‘qidi degan gaplar. Kegin o‘rangan qizni topdim, namoz o‘qishizga niyat xoxishiz bormi desam xa o‘zin endi boshladim dedi. Nikoxgacha deyarli u bilan gaplashmadim nomaxram bo‘lgani uchun. Shu bilan nikox kurdik, kegin esa uning qiliqlari chiqa boshladi. Ibo xayo degan narsa chudayam kam. Men qizbolani umuman boshqacha tasavvur qilgandim. Birkun u dugonasi telni ko‘tarmodi so‘kinvordi, qattiq jovradim, kegin 2 kun o‘tib yana so‘kindi. Yana jovradim. U namozga va Islom diniga qiziqmas ekan va buni sezdim, shundan so‘ng ko‘nglim qoldi yaqinlikxam qilmey qo‘ydim. Kegin akamni ayolidan aytkizvoripti akamga (akamga ayting ukasiga aytsin ko‘proq yaqinlik qilelik deb) nima qilarimni bilmey turodim ag‘dan xolamni kelinigaxam shu gapni aytipti. Singlimga meni bepusht depti xali 3 oy bo‘lmasdan. Xullas bu gaplar ayam va dadamgacha etib borgan. Shunga judayam siqilib ketdim, maslaxat beringlar shular sabab taloq qo‘ysam men gunoxkor bo‘p qolmimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq qilish oson. Tayyor moshinani minish ham oson, savobni eng ko‘pi buzug‘ini tuzatib minishdir. Siz ham shunday qiling. Kamchiliklarini yashirib sabr bilan yaxshilikka etaklang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar