Zam sura kiroti

Assalamu alaykum Ustoz.ALLOX ilmingizni ziyoda kilsin.Ustoz bir masalada yordamingiz kerak men MUSXAFNI ixlos surasidan to alamnashrox surasigacha ALLOX kodir kiganicha tajvid bilan ukiy olaman men bilmagan narsa bu suralarni namozda kaysi tartibdi kiroat kilish sizdan iltimos menga peshin namozini misol keltirib men bilgan suralarni kay tartibda ukishni urgatib kuying? ILTIMOS. 2 Ustoz eng kami olti oyatli suralarni ikkiga bulib ikki raka’tda ukisa buladimi? Ilimsizligimizni aybga buyrmang javoblar uchun oldindan raxmad
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom.1. Namozda zam sura qilishda mushafdagi tartib bo‘yicha tepadan pastga qarab o‘qiladi. Bu tartibni buzish makruh hisoblanadi. Tartib har bir namoz uchun, ya’ni quloq qoqishdagi takbiri tahrimadan salomgacha alohida e’tiborga olinadi. Masalan, Peshinning to‘rt rak’at sunnatidagi to‘rtta zam sura mazkur tartibda bo‘lishi kerak. Ammo farzga undagi tartibning daxli yo‘q. Shuningdek, bunda suralarni oralatib, ya’ni o‘rtadan bir surani tashlab o‘qish ham makruh. Ammo ikki yoki undan ko‘p surani tashlab o‘qisa, joiz bo‘laveradi.2. Olti va undan ko‘p oyatli suralarni ikki rak’atga bo‘lib o‘qish mumkin, faqat surani, xususan qisqa suralarni butun o‘qigan afzal, ayniqsa, oyatlarning ma’nosini tushunmagan kishilar ularning ma’nolariga futur etkazishi mumkin, deydi ulamolar. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 179 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar