Nos, sigaret ila joniga qasd qilish
Assalomu alaykum! Barchamiz yaxshi bilamizki o‘z joniga qasd qilish katta gunoh. Bundaylarni do‘zax olovida yonadi deyishadi. Nos, sigaret va giyohvand moddalar inson organizmi uchun zararli, Alloh bergan organlarni ishdan chiqaradi, o‘sha odam kasal bo‘ladi va oqibatda o‘ladi. Savol: shu zararli odatlari tufayli o‘lgan odam o‘z joniga suyiqasd qilgan bo‘ladimi (o‘zini o‘ldirish) ya’ni nos va sigaret chekish o‘zini o‘ldirish bilan tengmi? Alloh taoloning: “O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir” degan so‘zini ham dalil qilsa bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz besh narsani ximoya qilishni farz qilgan. Birinchisi din ximoya qilish farz. Shuning uchun Alloh taolo kufr, shirk va bij’atlarjan qaytargan.
Ikkinchisi, aql. Shuning uchun shariatimizda Alloh taolo ahlni ketkazadigan mast qiluvchi ichimliklarni hamda aqlni zaiflashtiruvchi behuda narsalarni qat’iyan man qilgan.
Uchinchisi jon. Hech kim jonini halokatga qo‘yadigan narsalarga o‘zini qo‘l urishi joiz emas. O‘zini o‘zi o‘ldirishi hamda jonini ishdan chiqarib qo‘yadigan amallarni qilmaslik. Shuning uchun Alloh taolo insonga zarar etkazadigan orqaga yaqinlik qilish, hayz holatda yaqinlik qilish, badbashara holatga keltiradigan tatuirofkalarni chizish, quloq va burunlarni kesish yoki teshish, o‘zini yoki birovlarni suyaklarini sindirish shu qatorda oxir oqibat chiritadigan giyohvand moddalarning iste’molidan ham qattiq qaytargan. Maxsus joylarni tozalab yuvishga buyurgan.
To‘rtinchisi nasl. Shuning uchun Alloh farzand ko‘rmaydigan holatga soluvchi erkaklarni bichish, ayollarni tug‘mas holiga keltirish, jinsini o‘zgartirish kabi ishlardan qattiq qaytargan.
Beshinchisi mol. Inson garchi mol-dunyoni kasb qilib topsada Alloh ko‘rsatgan joylarga sarflab, qaytargan joylarga sarflamaslik shart. Qiyomat kuni inson shu besh narsadan inson qattiq so‘roqqa tutiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 162 | Islam