Tirnoqda xina va buyoq
Assalomu alaykum! Men taniydgan ayol xijobda, 5vaqt namozda, lekin u ayol tirnoqlarini oz miqdorda bo‘lsa xam o‘stirib yuradi. Juda ko‘p ko‘raman ayniqsa fotixa uchun qo‘lini duoga ochganda juda seziladi va yana bir odati bor soch bo‘yaladigan xinada tirnoqlarini bo‘yaydilar va yaltirab turishi uchun ustidan yog‘ surtib oladilar(rangi tim qora chiqadi bilmagan odam lak deb o‘ylaydi). Shu ishlari joizmi namoz va taxoratlari o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat yoki g‘uslda tirnoqlarining ostiga suv etsa bo‘ldi. Fosiqa ayollarga o‘xshab qolmasligi ham kerak. Hina qo‘yishga kelsak erkak kishi bilan ayol kishining qo‘li farq qilib turishi kerak. وَ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va:
«Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar.
«Ayolning qo‘li», dedi u.
«Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:41 | Savol-javoblar | 193 | Ayollarga oid masalalar