Qon tekkan taom

Assalomu alaykum! Ichiga suv solingan katta laganda pomidor bor edi, uni tozalab, to‘g‘rayotgandik boshqa idishga 2 yashar jiyanim qo‘lini kesib olib yig‘ladi. Qo‘lida qon ko‘rinmadi lekin saldan ozgina ko‘ringanida onasi shoshilib lagandan bir marta qo‘lini yuvdilar botirib ichiga. Qon 1 tomchilarcha bor edi. Keyin yana ishimizzi qilaverdik. Ulardan bonka yopdilar. Savolim o‘sha lagandan keyin olgan pomidorlarimizzi najosatlimidi suvini almashtirishimiz shartmidi? U bonkalar ochib esak harom egan bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday gumon va ehtimol bilan hukm chiqarib bo‘lmaydi. Qo‘l kesilganda oqib chiqqan qon najas. U tushgan suv va narsalar ham najas bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 13:16 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar