Afrika yoki Avstraliyadagi Islom etib bormaganlar hukmi
Assalomu alaykum! Allohning nomasini olmagan, shuningdek, tog‘ tepasida Ul zotga e’tiqod qilmasdan, yoki uning mavjudligini ham bilmasdan, xuddi faqat o‘zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishni o‘ylaydigan mollar singari yashab o‘tgan (qadim va o‘rta asrlardagi) va o‘tayotgan Afrika yoki Avstraliyaningi chekka hududlardagi odamlarning qabrdagi, jahannam va jannatga doirligi haqida hukmi islomda qanday bo‘ladi. Ularga hech kim payg‘ambarlar orqali kelgan ilohiy ma’lumotlarni etkazmaganligi isbot qilinmas darajadagi haqiqatlardandir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Isro” surasi 15-oyatida marhamat qiladi: «Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz». Insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, Xoliq, Mudabbir va Roziq ekanimizga dalolat etuvchi mo‘’jizalarga qarab to‘g‘ri yo‘lni tanlab, Bizga iymon keltirib, ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahm qildik. Mazkur narsalar ustiga, yana ogohlantiruvchi, eslatuvchi payg‘ambar yuborishni ham iroda etdik. Payg‘ambar ogohlantirganidan keyin ham iymon va Islom yo‘lini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Payg‘ambar va uning da’vati etmaganlarni esa azoblamaslikka qaror qildik.
Qolaversa o‘sha joylarda necha yuz yildan beri masjidlar borligi hammaga ma’lum. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عن المقداد بن الأسود رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: لا يبقى على ظهر الأرض بيت مَدَرٍ، ولا وَبَرٍ، إلَّا أدخله الله كلمة الإسلام، بِعزِّ عَزِيزٍ، أو ذُلِّ ذَلِيلٍ، إمَّا يُعِزُّهم الله، فيجعلهم من أهلها، أو يُذِلهُّم، فيدينون لها Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Er yuzida loydan qilingan yoki yungdan qilingan birorta ham uy qolmasdan albatta-albatta Alloh unga islom kalimasini kirgizadi. Aziz aziz bo‘ladi, xor xor bo‘ladi. Alloh ularni aziz qiladi va islom kalimasining ahlidan qiladi yoki ularni xor qilib ular islom kalimasiga albatta bo‘yinsunadilar” deyayotganlarini eshitdim” deganlar.
Yana boshqa bir hadislarida islom kalimasi kirmagan birorta ham xonadon qolmasligini, hatto qaerga tun va kun etib borsa o‘sha erga ham islom etib borishini aytganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda