Apparatda so‘yilgan tovuqni

Assalomu alaykum! Men bismillyaxsiz suyilgan gushtlarni xaromligini bilaman. Xozirgi paytda xamma tovuklarni apparat suyadi. Bir tanishim bir maruzani eshitib menga aytib berdilar va tovuni eyaver dedilar, u maruzada bir odam savol bergan domlaga. Savoli:xozir apparatsiz suyiladigan tovuk yuk emaylikmi tovukni degan, domla javoban: apparatda suyilishdan oldin bismillyax va boshka duosini ukib suyiladi shuning uchun esa buladi degan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domlalar ham juda ko‘p, o‘qimaganini gapiradigani ham ko‘p. O‘qiganini ziddini aytadigani ham ko‘p. Butun dunyo ulamolari ittifoqi aparatda so‘yilganini joiz emas deganlar. “Badoe’” degan fiqhiy kitobda “Ikki qo‘yni ustma-ust qilib pichoq ikkisiga ham bir vaqtda tegib turgan bo‘lsa, bitta Bismillah aytib ikkalasini birdaniga so‘ysa halol bo‘ladi, lekin pichoq birisiga avval ikkinchisiga keyin tegsa ikkinchisi halol bo‘lmaydi” deyilgan. Shundan bilib olavering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar