Taloqni qaytarish mumkinmi
Assalomu alaykum! Taloq aytish gunohmi yoki qasam ichgandek gapmi juda ko‘p odamlardan eshitganman haj va umraga borib uni amallarini bajargan odam gunohlari kechiriladi, yangi tug‘ilgan chaqaloq misoli begunoh bo‘ladi deb eshitganman. Agar uch taloq aytish gunoh bo‘lsa bu ham kechiriladimi va er-xotin haj safariga borib uni ibodatlarini ado etib kelgandan keyin yana nikohlansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohi kechiriladiyu, lekin hukmi boqiy qoladi. Ya’ni uch taloq qo‘yilgan bo‘lsa uch taloqligicha qoladi. Xuddi birovni pulini olib qo‘ysangiz va tavba qilsangiz gunohligi kechiriladi, ammo pulni qaytarib berishingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush