Bolalarning sog‘inganda o‘qiladigan duo
Assalomu alaykum! Yaqinda, inshoolloh, safarga chiqmoqchi edim. O‘tgan safar chet elga ketganimda o‘g‘lim va qizim kasal bo‘lishgan ekan. (Aynan men safardaligimda) "Yoshi katta insonlar farzandlaringni og‘ziga tuflab ket" - deganlarini eshitganman. Bu ish to‘g‘riligiga shubham bor. Bunday holatlarda payg‘ambarimiz alayhisalom nima yo‘l tutishni aytganlar? Sog‘inch haqida xadislar bormi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عن عثمان بن عفان، قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "مَنْ خَرَجَ مِنْ بَيْتِهِ يُرِيدُ سَفَرًا فَقَالَ حِيْنَ يَخْرُجُ: بِسْمِ اللهِ وَ اعْتَصَمْتُ بِاللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ لا حَوْلَ وَ لا قُوَّةَ إَلا بِاللهِ رُزِقَ خَيرَ ذَلِكَ المَخرَجِ وَصُرِفَ عَنهُ شَرَّ ذَلِكَ المَخرَجِ" Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollollohu alayhi vasallam:
“Kimki safarni iroda qilib uyidan chiqsa va chiqayotgan paytida: “Bismillahi va’tasomtu billahi tavakkaltu alallohi la havla vala quvvata illa billah” desa, o‘sha chiqishligida yaxshilik bilan rizqlanib, o‘sha chiqishligining yomonligi undan daf’ qilinadi”, dedilar”.
Duoning ma’nosi:
“Allohning nomi bilan safar qilishni boshlayman. Allohning yordamiga bog‘landim, Allohga tavakkul qildim va toatga quvvat ham, gunohdan saqlanishga bo‘lgan quvvat ham yolg‘iz Allohdandir” عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا سَافَرَ فَرَكِبَ رَاحِلَتَهُ قَالَ بِإِصْبَعِهِ قَالَ اللَّهُمَّ أَنْتَ الصَّاحِبُ فِي السَّفَرِ وَالْخَلِيفَةُ فِي الْأَهْلِ وَالْمَالِ. وَالوَلَدِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam safarga chiqib, ulovlariga minganlarida barmoqlari bilan ishora qilib: “Allohumma antas sohibu fis safar val xalifatu fil ahli val mali val valadi» der edilar”.
Duoning ma’nosi:
“Allohim! Mening safardagi sohibim faqat Sensan va safardaligimda ahlimni, molimni va farzandlarimni hifzu himoyanga olguvchisan”. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 167 | Siyrat va tarix