Qazo ro‘zalar

Assalomu alaykum! Men 25 yoshdan boshlab Allohni xidoyati bilan namoz o‘qishni boshlaganman. Menga ota-onam namoz farzligini aytmagan, o‘zlariyam kalimalarini manosini bilmagan, diniy ilmi yo‘q. Men diniy odamlar davrasida yurganim sababli bildim. Namozlarni vaqtida o‘qishga xarakat qilyapman. Qazo namozlarimni xam o‘qib boriyapman, men bilmagan shuncha qazo ro‘zalarni tutib kafforatiniyam tutib beramanmi? Buyam qastdan qilib ro‘zasi ochgan kabi kafforati vojibmi? 18 yoshlilargachi bizda odamlar xali yoshsan deganini eshitganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasddan ochilmagan bo‘lsa kafforat vojib emas. “18 yoshlilargachi bizda odamlar xali yoshsan deganini eshitganman” degan gap shaytonning gapi. Shayton buni 18 yoshlilarga emas 70ga kirganlarga ham aytadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar