Konkurs va "give" lar xaqida
Assalomu alaykum! Xozirda Instagram saxifalarida turli xil konkurslar o‘tkazishadi. Ya’ni men konkurs o‘tkazayotgan odamning saxifasiga a’zo bo‘laman, layk bosib uning saxifasida aktiv xolatda bo‘laman. Kun belgilanadi va barcha qatnashchilar kompyuterda generator orqali tasodifan tanlanadi va g‘olibga sovg‘a beriladi. Bu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umr u kabi narsalarga sarflanadigan narsa emas. O‘zgalarning tegirmoniga suv quymay qo‘yaveringlar. Inson dunyo hayotida nima bilan ko‘p shug‘ullansa o‘limi ham o‘sha holatda bo‘ladi. Shuning uchun inson hamisha istig‘forni o‘ziga lozim tutsa Alloh taoloning quyidagi oyatidan nasibador bo‘ladi. Bu kabi narsalardan taqvo qilinglar. Alloh taolo "Taloq" surasida marhamat qiladi: وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مِنْ أَمْرِهِ يُسْرًاذَلِكَ أَمْرُ اللَّهِ أَنزَلَهُ إِلَيْكُمْ وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُعْظِمْ لَهُ أَجْرًا 4...Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning ishida osonlik qilib beradir.
5. Bular Allohning sizga nozil qilgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:47 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar