Azonni jamlab aytish

Assalomu alaykum! Hanafiya mazxabida azondagi lafzlar aloxida aytilishi kerakligi Majma’ul Maqsud kitobida aytib o‘tilgan, lekin masjidlarda qo‘shib aytish xollari kuzatiladi. Umuman mazxabga qay darajada sodiqlik kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azonda tarassul qilish Fiqhiy kitoblarimizning azon bobida «tarassul» so‘zi uchraydi. Imomi Termiziy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bilol roziyallohu anhuga: «Azon aytganingda tarassul qilgin!» deganlar. وَعَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِبِلَالٍ: «إِذَا أَذَّنْتَ فَتَرَسَّلْ، وَإِذَا أَقَمْتُ فَاحْدُرْ، وَاجْعَلْ بَيْنَ أَذَانِكَ وَإِقَامَتِكَ قَدْرَ مَا يَفْرُغُ الْآكِلُ مِنْ أَكْلِهِ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Xalqimiz orasida bu so‘z borasida turlicha qarashlar bor. Tarassul bir oz tin olish, shoshilmaslik, kutish ma’nosini ifoda qiladi.Tarassul degani azon kalimalari orasida azonni eshitayotgan odam unga javob qaytarishga ulguradigan muddat jim turishdir. وَكَيْفِيَّتُهُ أَيْ التَّرُسُلِ أَنْ يَقُولَ: اللهُ أَكْبَرَ، اللهُ أَكْبَرَ، وَأَنْ يَقِفَ ثُمَّ يَقُولَ مَرَّةً أُخْرَى، وَهَكَذَا بَيْنَ كُلِّ كَلِمَتَيْنِAbulmakorim o‘zining «Niqoya»ga yozgan sharhida: «Tarassulning kayfiyati shundayki, muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar» deb, so‘ng biroz to‘xtab turmog‘i, so‘ng ikkinchi bor «Allohu akbar, Allohu akbar» demog‘idir » degan.وفي الينابيع: التَّرُسُلُ أَنْ يَقُولَ: اللهُ أَكْبَرَ، اللهُ أَكْبَرَ، وَأَنْ يَقِفَ ثُمَّ يَقُولَ مَرَّةً أُخْرَى مِثْلَهُ، وَكَذَلِكَ يَقِفَ بَيْنَ كَلِمَتَيْنِ إِلَى آخِرِ الْأَذَانِ«Yanobi’» kitobida shunday deyilgan: «Tarassul deb muazzinning «Allohu akbar, Allohu akbar» deb, so‘ng biroz to‘xtab turishiga, so‘ng ikkinchi bor «Allohu akbar, Allohu akbar» deyishiga hamda azonning oxirigacha har ikki  kalimaning o‘rtasida biroz to‘xtashiga aytiladi».قَوْلُهُ: «وَيَتَرَسَّلُ» أَيْ: يَتَمَهَّلُ. قَوْلُهُ: «بِسَكْتَةٍ» أَيْ: تَسَعُ الْإِجَابَةَ. مَدَنِيٌّ عَنْ مُنْلَا عَلِيِّ الْقَارِيِّ، وَهَذِهِ السَّكْتَةُ بَعْدَ كُلِّ تَكْبِيرَتَيْنِ لَا بَيْنَهُمَا، وَبِهِ صَرَّحَ فِي التَّاتَرْخَانِيَّةِ Mulla Aliy Qoriy azon o‘rtasidagi sakta (jim turish) to‘rt takbirda har ikki takbirdan keyin bo‘ladi. Har bir takbir o‘rtasida emas» degan. قَوْلُهُ: «بِتَرْبِيعِ تَكْبِيرِ» أَيْ: بِصَوْتَيْنِ، كُلُّ تَكْبِيرَتَيْنِ بِصَوْتٍ لَا بِأَرْبَعٍ«Tatarxoniya»da ham bu narsa ochiq oydin bayon qilinib, «To‘rt takbir ikki nafasda aytiladi, to‘rt nafasda emas» deyilgan. عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا قَالَ الْمُؤَذِّنُ اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، فَقَالَ أَحَدُكُمُ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، ثُمَّ قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَاَ إِلَهَ إِلَّا اللهُ، ثُمَّ قَالَ: أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، قَالَ: أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، ثُمَّ قَالَ: حَيَّ عَلَى الصَّلَاةِ، قَالَ: لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ، ثُمَّ قَالَ: حَيَّ عَلَى الْفَلَاحِ، قَالَ: لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ. ثُمَّ قَالَ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، قَالَ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، ثُمَّ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، مِنْ قَلْبِهِ دَخَلَ الْجَنَّةَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ ، وَالنَّسَائِيُّ، وَابْنُ خَزُيْمَةَ Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh solallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birorta (eshitganingiz) muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda, «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Ashhadu allaa ilaaha illalloh» deganda «Ashhadu allaa ilaaha illalloh» desa; «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» deganda «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» desa; so‘ng «Hayya ’alas-solah» deganda «Laa havla, va laa quvvata illaa billah» desa; «Hayya ’alal falah» deganda «Laa havla, valaa quvvata illaa billah» desa; so‘ng «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Laa ilaaha illalloh» deganda chin dildan «Laa ilaaha illalloh» desa, jannatga kiradi». Ushbu hadisda ham muazzinning biroz sukut saqlashi ikki takbirni aytganidan keyin ekani ochiq-oydin ma’lum bo‘lmoqda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:47 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar