Duoimiz ijobat bo‘lsin

Muhtaram shayx hazratlari! Savollarmizga sabr-toqat, irodayu-ixtiyor va matonat bilan javob berayotganingizdan judayam minatdormiz. Siz uchun Allohdan ikki dunyo saodatiga erishishingizni so‘raymiz. Bizga va shogirdlaringizga berayotgan ilmingiz bundanda ziyoda va barakali bo‘lsin. Qalbingizni nur va iymon xech qachon tark etmasin. Sizni dunyoga keltirgan volidangizga judayam xavasim keladi. Sizga o‘xshagan farzand ulg‘aytirib tarbiyalash nafaqat menga barcha muslima ayollarga nasib qilsin.Inshaalloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh xayringizni bersin!

27 May 2022, 02:32 | Savol-javoblar | 144 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar